14-oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- “Buyuk ipak yo‘li”.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.




















