10-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi tuman hokimligi axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 6:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Uchuvchilar, Xonobod, Sultonobod va Eski Jaloyir mahallalari.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.



















