Toshkentning bir tumani qisman gazsiz qoldi — manzillar
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

9-oktyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Gaz ta’minotidagi uzilish Amir Temur mahallasida yuqori bosimli gaz quvurlari tarmog‘iga ulash ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda gaz ta’minoti soat 09:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi:
- Avayxon mahallasi: Avayxon, Rishton va Semashko ko‘chalari;
- 6-Qorasuv mavzesi;
- Oltin tepa mahallasi: Oltintepa, Parkent, Qarnoq, Qaynarsoy ko‘chalari;
- Gulzortepa mahallasi: Baynalmilal, Ozodlik, Quruvchi va Anhor bo‘yi ko‘chalari;
- Mevazor mahallasi: Mingo‘rik, Uzumzor, Olmazor va Quva ko‘chalari;
- Sarbon mahallasi: Anhor, Sarbon, Mustaqillik, Tinchlik va Muruvvat ko‘chalari;
- Geofizika mahallasi: Nixod, Xurmakon, Hurdiyor, Boytepa, Yog‘du va Geofizika ko‘chalari;
- Geologlar mahallasi: E’zoz, Ilk qadam, Turkiston, Ziyolilar va Nihol ko‘chalari;
- Temuriylar mahallasi: Binokor, Vatan va Tabassum ko‘chalari;
- Zakovat mahallasi: Farovon hayot va Istiqlol ko‘chalari.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.
Izohlar