Toshkentning bir tumani qisman gazsiz qoldi — manzillar
Ta’mirlash ishlari muddatidan oldin tugashi mumkin.

27-avgust kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz o‘chirilishi rejalashtirilgan:
- “Sarbon” mahallasida — 312 ta xususiy uy va 6 ta ulgurji iste’molchi.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.
Izohlar