O‘zbekiston

Toshkentning bir tumani qisman gazsiz qoladi — manzillar

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

30-sentyabr kuni Toshkentning Bektemir tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • “Oltintopgan” mahallasi.

Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная