23-sentyabr kuni Toshkentning Bektemir tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • “Zabardrast” mahallasi.

Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Avvalroq 2025-yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.