Toshkentning bir tumani qisman gazsiz qoladi
Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi.

19-noyabr kuni Toshkentning Yangihayot tumanidagi ba’zi joylarda gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 14:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi: Choshtepa.
Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.
Izohlar