Toshkentning bir tumani qisman elektr ta’minotisiz qoldi — manzillar
Kechqurun elektr quvvati qayta yoqiladi.

12-iyun kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatilishi haqida poytaxt HET filiali axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, rejalashtirilgan taʼmirlash ishlarini mutaxassislar amalga oshiradi. Shu munosabat bilan soat 09:00 dan 18:00 gacha quyidagi hududda elektr energiyasi uziladi:
- “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi.
Iste’molchilarga ta’mirlash ishlari ertaroq yakunlanishi mumkinligi aytilib, uzr so‘raldi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarga quyosh panellaridan olingan ortiqcha elektr energiyasi uchun milliardlab pul to‘langani xabar qilingandi. Davlat aholidan qariyb 12 million kilovatt-soat energiya olgan.
Izohlar