27 Mart 2025, 11:06 Oʻzbekiston

Toshkentning bir tumani issiq suvsiz qoldi — manzillar

27-mart ushbu oyda issiqlik tarmoqlarini sinovdan oʻtkazishning soʻnggi kuni boʻladi.

Toshkentning bir tumani issiq suvsiz qoldi — manzillar

27-mart kuni Toshkentning yettita tumanida issiqlik tarmoqlari sinovdan oʻtkaziladi, deya xabar berdi Veolia Energy kompaniyasi matbuot xizmati.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, keyingi isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik koʻrish uchun issiqlik tarmoqlarini maksimal haroratga sinash soat 9:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi. 27-mart ushbu oydagi soʻnggi sinov kuni boʻladi.

Natijada Mirzo Ulugʻbek tumanining quyidagi manzillarida issiq suv taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

  • Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Doʻrmon yoʻli koʻchalari;
  • Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6 mavzelari.

Mashhur yangiliklar