Toshkentning bir tumani gazsiz qoladi
Uzilish gaz tarmoqlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Toshkentning Yashnobod tumanidagi ayrim joylarda bir kunga tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi, deya xabar berdi “Hududgazta’minot”.
30-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:30 gacha quyidagi manzilda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yashnobod tumani — Maxtumquli ko‘chasi (ko‘p qavatli uylar).
Aniqlik kiritilishicha, ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti to‘liq hajmda tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va Toshkent viloyati atrofidagi issiqxonalar gaz bilan ta’minlana boshladi. Mutaxassislar tomonidan jami 173,1 gektar maydonda joylashgan 68 ta issiqxona xo‘jaliklariga gaz ta’minoti rasmiylashtirildi.
Izohlar