Toshkentning bir tumani chiroqsiz qoldi
Elektr ta’minoti uzilishi liniyadagi avariya tufayli sodir bo‘ldi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida “PS MJK-2” liniyasida yuzaga kelgan avariya tufayli elektr ta’minoti uzildi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, hozirda shahar avariya brigadalari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Quyidagi joylarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
- Farg‘ona yo‘li ko‘chasi;
- Muxtor Ashrafiy ko‘chasi;
- Mahzuna ko‘chasi;
- Jarqo‘rg‘on ko‘chasi;
- Yangilik ko‘chasi;
- Oydinko‘l ko‘chasi;
- Ko‘hna Yangiobod ko‘chasi;
- Husnobod ko‘chasi;
- Shohimardon ko‘chasi;
- Zanjirsoy ko‘chasi;
- Chilonzor ko‘chasi;
- Musaffo ko‘chasi;
- Qirg‘izboy ota ko‘chasi;
- Assalom sohil dahasi.
Nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi. Tuman hokimligi tomonidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.
Izohlar