1 Aprel 2025, 10:33 Oʻzbekiston

Toshkentning bir tumani aholisi vaqtincha elektrsiz qoladi — manzillar

Elektr energiyasi rejali taʼmirlashdan keyin qaytariladi.

Toshkentning bir tumani aholisi vaqtincha elektrsiz qoladi — manzillar

1-aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr taʼminoti uzildi, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.

Elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

  • Olmazor tumani: “Sebzor”, “Yuqori Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Namuna”, “Chiltoʻgʻon” va “Hasti Imom” mahallalarida soat 11:00 dan 15:00 gacha.

Isteʼmolchilar uchastkalarda ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilib, keltirilgan noqulayliklar uchun ulardan uzr soʻraldi.

Mashhur yangiliklar