6-dekabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi, deb xabar bermoqda HET matbuot xizmati.

Rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda soat 12:00 dan 14:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Fidokor, Mashinasozlar, Do‘stobod va Selmash mahallalari

“Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng, elektr ta’minoti tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, HET xodimlari sayyor tekshiruvlarda bodi-kameralardan foydalana boshlagan. Bu jarayonni nazorat qilish va uning bajarilishini kuzatish imkonini beradi, ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki almashtirilishi xavfini bartaraf etadi.