Toshkentning bir nechta tumanlari besh kun davomida issiq suvsiz qoldi
Mutaxassislar issiqlik tarmoqlarini qishki mavsumga tayyorlamoqda.

15-20-sentyabr kunlari Toshkent shahrining ikki tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yashnobod tumanida issiq suv ta’minoti to‘xtatildi, deya xabar berdi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Issiq suv ta’minoti to‘xtatiladigan ko‘chalar, mahallalar:
- Asalobod-1, 2 ko‘p kvartirali uylar, Aviasozlar-1, 2, 3, 4 ko‘p kvartirali uylar
Alimkent, Aviasozlar (ko‘p qavatli uylar), Aviasozlar, 1-tor ko‘cha, Tuzel-1, 2, 3, 4 ko‘p qavatli uylar, Chigil, Qorasuv, Ohangaron shossesi, Husniobod, Izzat, Sivsa, Istiqbol, G‘ulomov, Elbek, Sodiq Azimov ko‘chalari; - “Birlashgan”, “Uysozlar”, “Cho‘lpon”, “Istiqlol”, “To‘ytepa” mahallalari;
- 58-harbiy shaharcha (ko‘p qavatli uylar).
Shuningdek, jadvalga ko‘ra, 15-sentyabrdan 19-sentyabrgacha quyidagi joylarda issiq suv ta’minoti o‘chiriladi:
- A. Temur, Mustaqillik, Sh. Rashidov, Navoiy, Bobur, Glinka, Sh. Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Cho‘ponota ko‘chalari;
- Chilonzor tumanidagi: S-1, 2, 4, 5, 7, Oqtepa, Chilonzor 1-5, 7, Y, I, Qushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi mavzelarida.
Uzilishlarning to‘liq jadvali bilan havola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hozirda issiqlik tarmoqlari ham sinovdan o‘tkazilmoqda, shu munosabat bilan issiq suv haroratining vaqtincha pasayishi mumkin. Hozirda quyidagi joylarda ishlar olib borilmoqda:
- 12-sentyabr (asosiy), 26-sentyabr (zaxira) — IEM (M-5,8), Amir Temur shoh ko‘chasi, Mustaqillik, Navoiy, Bobur, Buyuk Turon, Zarafshon, Maxtumquli, Shastri, Nukus, Abdulla Qahhor ko‘chalari, M-1,2,4,5,7 mavzelari, Uchuvchilar shaharchasi;
- 18-sentyabr (asosiy), 25-sentyabr (ehtiyot) — 5-IM (M-0,4), Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota ko‘chalari, Chilonzor dahasi, Do‘mbirobod 5,12, 16, 20, 24, 26-mavzelari.
Avvalroq Toshkentni yopiq isitish tizimiga o‘tkazish rejalari saqlanib qolayotgani, bu nazariy jihatdan xarajatlar, avariyalar va energiya yo‘qotishlarini kamaytirishi haqida xabar berilgandi. Sergeli, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tajriba-sinov loyihalari amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Veolia Energy mutaxassislari quvurlarning potensial avariyaviy uchastkalarini aniqlashning yangi, xavfsizroq usullarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Qaror issiqlik ta’minotining xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash hamda 2025-2026-yillardagi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda aholi uchun xavflarni kamaytirish maqsadida qabul qilindi.
Izohlar