Toshkentning beshta tumani qisman issiqlik ta’minotidan uzildi — manzillar
Mutaxassislar yuqori bosimli magistral gaz quvurida avariya-tiklash ishlarini olib boradi.

18-noyabr kuni yuqori bosimli magistral gaz quvurida avariya-tiklash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkentning beshta tumani qisman issiqlik ta’minotisiz qoldi, deya xabar bermoqda Veolia Energy matbuot xizmati.
“Hududgaz Poytaxt” filialiga qarashli yuqori bosimli magistral gaz quvurida soat 09:00 dan 18:00 gacha 9-IM va 10-IM qozonxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Natijada quyidagi manzillarda issiqlik ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin:
IM-9 – Uchtepa tumani:
- 11, 12, 13, 14, 15, G9А, 30, 31 dahalari;
- O‘rikzor dahasi;
- Taqachi;
- Eshonguzar;
- Beshqayrag‘och;
- Tursunqulova;
- Rahimboboyev;
- Shirin, Lutfiy, THAY, Katta Xirmontepa, KHAY, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa, Farhod ko‘chalari.
Chilonzor tumani:
- Qizil Sharq dahasi;
- Al-Xorazmiy-1, Al-Xorazmiy-2 ko‘chalari;
- Guliston;
- To‘qimachi;
- Nashriyot.
IM-10 – Olmazor tumani:
- Talabalar shaharchasi;
- O‘zDJTU va ToshDTU hududlari;
- Farobiy;
- Muxbir dahasi;
- Mirzo G‘olib;
- Shifokorlar-2;
- Universitet;
- Qoraqamish-2/4;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi;
- TashGUpi;
- Xo‘jayev, Kalonov, Muxbir, Chimboy ko‘chalari;
- Beshqo‘rg‘on-1, 2, 3, 4.
Shayxontohur tumani;
- Beltepa dahasi;
- Ibn Sino-1, Ibn Sino-2;
- Jarariq;
- Huvaydo.
Izohlar