28-oktyabr kuni Toshkentning 7 ta tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi “Hududgazta’minot” axborot xizmati.

Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi joylarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — Beshyog‘och mahallasi;
  • Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — Rakatboshi mahallasi;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — Iqtidor va Chingeldi mahallalari;
  • Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha) — Ibrohimota va Gulzor mahallalari;
  • Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha) — So‘g‘diyona va Sofdil mahallalari;
  • Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — Olchazor va Xo‘ja Uchqun mahallalari;
  • Yashnobod tumani (soat 08:00 dan 18:00 gacha) — Olmos va Jarboshi mahallalari.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda isitish va issiq suv narxi oshadi. O‘zgartirishlar poytaxt hokimi tomonidan ma’qullangan.