O‘zbekiston

Toshkentning 6 ta tumani qisman gazsiz qoldi — manzillar

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Toshkentning 6 ta tumani qisman gazsiz qoldi — manzillar
Фото: Ситуативное

19-iyun kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Bektemir, Yangihayot, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deya xabar berdi “Hududgazta’minot” axborot xizmati.

Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — Sho‘rtepa, Sh.Burxon, 1-berk Sh.Burxon, Charog‘on ko‘chalari (253 ta xonadon va 11 ta ulgurji iste’molchilar);
  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) — Xonobod mahallasi (175 ta xonadon va 1 ta ulgurji iste’molchi);
  • Bektemir tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — Gulbog‘ mahallasi (420 ta xonadon va 18 ta ulgurji iste’molchi);
  • Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — “Yorqin hayot” MFY (8 ta ko‘p qavatli uy va 4 ta ulgurji iste’molchi);
  • Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 20:00 gacha) — “Minor”, “U.Shirin”, “To‘raqo‘rg‘on” mahallalari (400 ta xonadon va 10 ta ulgurji iste’molchilar);
  • Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 20:00 gacha) — THAY ko‘chasi (5 ta ko‘p qavatli uy va 5 ta ulgurji iste’molchi).

Izohlar

Mavzuga oid