O‘zbekiston

Toshkentni qanday yaxshilash mumkin? Hokimlik aholiga so‘rovnoma bilan murojaat qildi

Javoblar kelgusi islohotlarda inobatga olinadi.

Toshkentni qanday yaxshilash mumkin? Hokimlik aholiga so‘rovnoma bilan murojaat qildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildi.

Buning uchun ma’muriyat doimiy yashovchi mahalliy aholidan tortib, chet eldan poytaxtga kelgan ishchilar va ekspatlargacha bo‘lgan turli toifadagi fuqarolar uchun bir qator savollarni tuzdi. Ularga javob berish uchun ishtirokchilar tegishli havolani tanlab, so‘rovnomani to‘ldirishlari kerak:

Poytaxt hokimligini qiziqtirgan asosiy masalalar quyidagilar bo‘ldi:

  • Sizning hududingizda qanday xizmatlar yetishmayapti?
  • Kundalik hayotingiz yoki kasbiy faoliyatingiz uchun qanday xizmatlar zarur?
  • Toshkentda qanday brendlar yoki xizmat turlarini ko‘rishni xohlaysiz?

Qayd etilishicha, to‘plangan ma’lumotlar poytaxt hokimligi tomonidan tahlil qilinib, kelgusi islohotlar dasturlari va rejalarini ishlab chiqishda inobatga olinadi.

Avvalroq Toshkent aholisining eng ko‘p shikoyati ma’lum bo‘lgandi. Aholi murojaatlari bilan eng ko‘p Shayxontohur tumani shug‘ullangan.

Izohlar

Mavzuga oid