Toshkentliklardan ochiq suv havzalarida cho‘milmaslik so‘raldi
Mutasaddi idoralar tomonidan poytaxt bo‘ylab tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni ochiq suv havzalarida cho‘milish hayot uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.
Haqiqatan ham yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan ochiq suv havzalarida cho‘milish holatlari ko‘paydi.
Belgilanmagan joylarda cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt bo‘ylab muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
“Yodda tuting: ruxsat etilmagan joylarda cho‘milish ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin!” — deyiladi xabarda.
Shahar ma’muriyati aholiga bir nechta maslahatlar berdi:
- ochiq suv havzalarida cho‘milmang. Toshkent shahridagi ochiq suv havzalarida cho‘milish taqiqlanadi;
- bolalarni nazorasiz suv havzalariga qo‘ymaslik va bunday joylarda cho‘milishga ruxsat bermaslik;
- falokatga uchramaslik uchun oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.
Avvalroq Toshkent havosida kislorod miqdori kamaygani haqida xabar berilgandi. Mutaxassislarning fikricha, bunga iqlim omili va sun’iy suv havzalarining yo‘qligi sabab bo‘lmoqda.
Izohlar