Toshkentga yana 1000 ta Yutong avtobusi olib kelinadi
Toshkent shahriga Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi yana 1000 ta avtobus yetkazib berishi kutilmoqda.

Toshkent shahriga yana 1000 ta Yutong avtobuslarini olib kelish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vazir Ilhom Mahkamov Xitoyning Yutong Bus kompaniyasining xalqaro marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Syuy Pen bilan uchrashib, O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini rivojlantirish jarayonida harakat tarkiblarini yangilash borasidagi vazifalarni muhokama qildi.
Xususan, tomonlar 200 ta elektrobus sotib olish loyihasini amalga oshirishning hozirgi holatini, shuningdek, Toshkent shahri uchun yana 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha istiqbolli loyiha yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan elektrobuslarni sotib olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq jihatlar atroflicha muhokama etildi.
Transport vaziri O‘zbekistonda foydalanilayotgan Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







