Toshkentga olib kelinayotgan 1,5 tonna sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Toshkent shahriga 1,5 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlarini olib kelayotgan shaxsga chora ko‘rildi.
Fuqaro Samarqand viloyatining turli hududlaridan chorva mollarining kalla, tuyoq va ichaklarini to‘plab, poytaxtga olib borib sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda “Postda” gazetasida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro foyda olish uchun Samarqand viloyatining turli hududlaridan chorva mollarining kalla, tuyoq va ichaklarini to‘plagan.
Biroq uni sifat masalasi zarracha qiziqtirmadi, shu bois yiqqan 1,5 tonna mahsulotni veterinar tekshiruvidan o‘tkazmadi. Kamiga go‘shtni maxsus jihozlanmagan avtomashinaga ortdi. Yuk mashinasida poytaxtga yo‘lga otlandi.
Soat 23:30 larda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi blokpostida avtomashina to‘xtatilib, go‘sht laboratoriyada tekshiruvdan o‘tkazildi. Tahlillar go‘shtning iste’molga yaroqsiz ekanini ko‘rsatdi hamda kalla, tuyoq va o‘pkalar yo‘q qilindi, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Avtobusda ayol kishining yuziga tuflagan erkak qamaldi Toshkentdagi ikki maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi Poytaxtning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi