Toshkentdan yana kuyundi hidi tarqaldi
Ba’zi joylarda havoning ifloslanish darajasi sog‘liq uchun xavfli deb baholanmoqda.

IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, 25-sentyabr kuni kechqurun PM2.5 mayda dispers zarrachalarining miqdori 54 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu JSST tavsiyalaridan 10,4 baravar yuqori.
Shunday qilib, 25-sentyabr kuni ertalab poytaxt Toshkent yana dunyoning eng iflos shaharlari orasida kuchli o‘ntalikka kirdi. Atmosfera sifati zaif guruhlar uchun zararli deb baholanmoqda.
Avvalroq Ekologiya vazirligi Toshkentda havoning keskin yomonlashganiga izoh bergan edi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, PM2.5 miqdori yana ortishi mumkin.
Izohlar