16 Avgust 2024, 09:41 Oʻzbekiston

Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Transport vazirligi Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilganini maʼlum qildi.

Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

17 avgustdan boshlab Toshkentdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlariga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Uzautotrans Service korxonasi 17 avgustdan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yo‘nalishida, 22 avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson, Toshkent – G‘uzor – Qamashi yo‘nalishida, 23 avgust kunidan esa Toshkent – Boysun yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshiradi.

Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.

Mashhur yangiliklar