7 Aprel 2025, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentdan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Chipta narxi 900 ming so‘m bo‘lgan avtobuslar qatnovi haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent avtovokzalidan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yo‘nalishda qatnovlar Uzautotrans service korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Ilk qatnov joriy yilning 8-aprel kuni bajariladi. Avtobus Toshkent avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 900 ming so‘m etib belgilangan.

Chiptalarni elektron shaklda sayt orqali hamda UzBus mobil ilovasi orqali, shuningdek, Toshkent avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.

Mashhur yangiliklar