Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi
Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot 75 yoshli yo‘lovchida takroriy infarkt sodir bo‘lgani sabab boshqa hududga favqulodda qo‘ndirildi.

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda Bahraynga qo‘ndi, deb xabar bermoqda Air Samarkand aviakompaniyasi.
Ma’lum qilinishicha, UZS4003 Toshkent—Jidda reysi bortda yuzaga kelgan favqulodda tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Parvoz davomida 75 yoshli yo‘lovchida takroriy infarkt sodir bo‘ldi.
Samolyot bortida bo‘lgan shifokor bemorning hayoti xavf ostida ekanini tasdiqladi. Havo kemasi komandiri Talanov Roman Igorevich boshchiligidagi Air Samarkand ekipaji tezkor qaror qabul qilib, bemorga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bahraynga favqulodda qo‘nishga qaror qildi.
Bosh bortkuzatuvchi Shishkina Alena boshchiligidagi bort kuzatuvchilari shifokor bilan birgalikda bortdagi tibbiy qutilar va uskunalar yordamida bemorga birinchi yordam ko‘rsatdi. Aeroportda bemor barqaror holatda tez yordam brigadasiga topshirildi.
Reys taxminan 1 soat kechikish bilan Jiddaga davom etadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







