Toshkentdan Istanbulga uchadigan ikki kunlik reyslar bekor qilindi
Toshkent-Istanbul-Toshkent reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilindi.

Uzbekistan Airways noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkentdan Istanbulga uchadigan reyslarini bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli va Istanbul xalqaro aeroporti maʻmuriyati qaroriga koʻra, faqat 2025-yilning 20-21 va 21-22-fevral kunlari Uzbekistan Airways Toshkent—Istanbul—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY281/282 aviaqatnovlarini bekor qilishga majbur boʻlmoqda.
Bekor qilingan aviaqatnovlar yoʻlovchilari tashuvi yuqorida keltirilgan sanalarning kunduzi vaqtida amalga oshiriladigan HY71/272 va HY273/274 aviaqatnovlari orqali rejalashtirilgan.
“Murakkab ob-havo sharoiti va yogʻingarchilik (qor yogʻishi) kutilayotganini hisobga olgan holda, yoʻlovchilardan parvozga roʻyxatdan oʻtish uchun oldinroq kelishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Taʻkidlanishicha, qaror Meteorologiya aviatsiyasini muvofiqlashtirish qoʻmitasining 18-fevraldagi Istanbul xalqaro aeroportidagi inqirozli vaziyat boʻyicha majburiy va tavsiyaviy talablari asosida qabul qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







