27 Dekabr 2024, 10:48 •Oʻzbekiston
Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Bayram munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

28-dekabrdan 5-yanvarga qadar Toshkentdan Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Tashkilot matbuot xizmatiga ko‘ra, bu Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar UzAutoTrans Service korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida tashkil etiladi. Transportlar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi, Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Yo‘lkira narxi — 20 000 so‘m.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki viloyatda maktabga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus qo‘yiladi Toshkentda bayram munosabati bilan ayrim koʻchalar yopildi Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi Qishki taʼtilda qoʻshimcha poyezd qatnovlari va vagonlar qoʻshilmoqda Yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borish topshirildi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekistonda bir yilda 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
18 Fevral 2025, 11:58
Toshkentda Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi
18 Fevral 2025, 11:23
Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor
18 Fevral 2025, 10:48
Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirilmoqda
18 Fevral 2025, 10:15
Chilonzor tumanida “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi
18 Fevral 2025, 09:40
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18 Fevral 2025, 08:53
O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbarlar saylandi
18 Fevral 2025, 08:17
18-fevral kuni ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi
18 Fevral 2025, 07:35