18 Mart 2025, 15:15 Oʻzbekiston

Toshkentdan bir soatda: Andijon aeroportining ochilish sanasi e’lon qilindi

Aeroport 2023-yilda rekonstruksiya uchun yopilgan edi.

Toshkentdan bir soatda: Andijon aeroportining ochilish sanasi e’lon qilindi

20-martdan boshlab Andijon xalqaro aeroporti ochiladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi reys Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. 18-martdan boshlab Silk Avia aviakompaniyasining seshanba va payshanba kunlari ATR-72-600 samolyotlarida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladigan US601/US602 reyslariga chiptalar sotuvi boshlandi:

  • Toshkentdan uchish 11:20 da, Andijonga kelish 12:20 da.
  • Andijondan uchish 13:00 da, Toshkentga kelish 14:00 da.

Keyinchalik havo bandargohi xalqaro aviareyslarni ham qabul qiladi.

Mashhur yangiliklar