19 Oktabr 2024, 13:01 Oʻzbekiston

Toshkentdagi YTHda uch kishi jarohatlandi

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan YTHda uch kishi jarohat oldi.

Toshkentdagi YTHda uch kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Chilonzor tumani Muqimiy-Chilonzor ko‘chalari chorrahasida 19-oktyabr kuni soat 00:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 2001-yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasi va haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi 2001-yilda tug‘ilgan T.B. hamda Spark haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar