Toshkentdagi uylardan birida yongʻin chiqdi
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent shahridagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 18-dekabr kuni soat 07:06 da Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Achaobod MFYda joylashgan xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:10 da yetib borib, yongʻin soat 07:31 da qurshab olinib, yongʻin soat 07:34 da oʻchirilgan.
“Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 17-dekabr kuni Fargʻona shahrida joylashgan “zapravka”da katta yongʻin yuz bergandi. Viloyat FVB xabariga koʻra, yongʻin oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda yana 8 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi