18 Sentabr 2024, 10:15 •Oʻzbekiston
Toshkentdagi mebel sexida yongʻin yuz berdi
Alanga bir yarim soat deganda oʻchirilgan, hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB axborot xizmati hodisa boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugun, 18-sentyabr kuni soat 07:28 da Olmazor tumani Usta Shirin koʻchasidagi yongʻin xabari kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari yongʻinni 07:58 da qurshab olgan, soat 08:56 da batamom oʻchirgan.
Jarayon shahar FVB boshligʻi Muxtor Muhitdinov nazoratida amalga oshirildi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jarohat olgan va vafot etganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Soʻnggi yangiliklar
Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi
21 Dekabr 2024, 16:3022 dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi
21 Dekabr 2024, 15:20Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi
21 Dekabr 2024, 14:25Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
21 Dekabr 2024, 13:28Husanov faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin
21 Dekabr 2024, 12:31Qashqadaryoda isitish tizimini taʼmirlashda 934,4 mln so‘m o‘zlashtirib ketildi
21 Dekabr 2024, 11:39Quyoshda ikkita kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
21 Dekabr 2024, 10:47Qashqadaryoda 200 ta suyultirilgan gaz balloni talon-toroj qilindi
21 Dekabr 2024, 09:54