Toshkentdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi 7 sutkaga qamaldi
Chilonzordagi maktabda o‘quvchini urgan o‘qituvchi boshqa huquqbuzarligi uchun 7 sutkaga qamaldi.
Toshkentdagi 188-sonli maktabda bolani kaltaklagan ayol boshqa bir qancha huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlanib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 24-sentyabr kuni 1980-yilda tug‘ilgan R.O. qizi J.R. (2010-yilda tug‘ilgan) tahsil oladigan Yashnobod tumanidagi 204-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib, maktab direktorining MMIB o‘rinbosari bo‘lgan ayol G‘.M.ga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan.
Ayoldan jamoat tartibiga rioya qilish so‘ralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan g‘ayriijtimoiy munosabatda bo‘lib, ularning qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu noqonuniy harakatlarini R.O. ko‘plab maktab o‘quvchilari ko‘z o‘ngida sodir etgan.
25-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. R.O. sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197-5-moddasi (ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) bilan aybdor deb topildi.
Unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHM ning 3 baravari (1 020 000 so‘m) va BHMning 7 baravari (2 380 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Nomunosib xulqli, bola sog‘lig‘i uchun xavfli shaxslar ta’lim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas, deyiladi bolalar ombudsmani xabarida.
R.O.ning Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabda 6-sinf o‘quvchisiga nisbatan sodir etgan harakati yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiriv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi