31 Oktabr 2024, 19:30 Oʻzbekiston

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida xonadonda insult kasalligiga uchrab, toshakda yotgan fuqaro vafot etgan.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 31-oktabr kuni soat 02:13 da “Chinobod” MFY Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.

FVBga kelib tushgan xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etishgan.

Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 10 metr kvadrat maydonda ichki qismi yonib zararlangani va xonadonda yashovchi 1950-yilda tug‘ilgan fuqaro halok bo‘lgani aniqlangan.

Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, 1950-yilda tug‘ilgan fuqaro insult kasalligiga uchragan va shu sababli harakatlana olmagani uchun oxirgi yillari oila a’zolari nazoratida yotoq holatida bo‘lgan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan fuqaro yotoq joyida tamaki mahsulotini chekishi sababli yong‘in sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Hozirgi vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar