Toshkentdagi ko‘chalardan biri uch kunga yopiladi — manzil
Cheklovlar gastronomik ko‘chada yirik tadbir o‘tkazilishi bilan bog‘liq.

Toshkentda yangi gastronomik-turizm ko‘chasidagi yo‘lning bir qismi uch kunga yopiladi, deya xabar berdi Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chilonzor tumanida joylashgan Al-Xorazmiy gastronomik-turistik ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan 10-oktyabr soat 9:00 dan 13-oktyabr soat 9:00 ga qadar transport vositalari harakati cheklanadi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar Al-Xorazmiy ko‘chasining halqa qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismini to‘sib qo‘yishadi. Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan uzr so‘ralib, yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish, shuningdek, muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanish so‘raldi.
Avvalroq Toshkentda yana ikkita ko‘cha va sohilbo‘yi 24 soatlik turistik zonaga aylantirilishi haqida xabar berilgan edi. Hukumat loyihalarni amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 20 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.
Izohlar