13 Fevral 2025, 16:11 Oʻzbekiston

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida yongʻin yuz berdi

Ayni vaqtda hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida yongʻin yuz berdi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida yongʻin yuz berdi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 13-fevral kuni soat 14:38 da Olmazor tumani, Usta Shirin berk koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalaridan birida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga xabar maʼlumot tushgan.

Yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:42 da yetib borgan va yongʻinni 14:46 da qurshab olib, soat 14:50 da toʻliq oʻchirgan.

FVBga koʻra, yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Ayni vaqtda hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar