8 Aprel 2025, 10:21 Oʻzbekiston

Toshkentdagi doʻkonlardan birida yongʻin chiqdi

Qutqaruvchilar yongʻinni 15 daqiqada oʻchirgan, jabrlanganlar yoʻq.

Toshkentdagi doʻkonlardan birida yongʻin chiqdi

Toshkentning Olmazor tumanida 8-aprel kuni savdo doʻkoni yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVB matbuot xizmati.

Sochichmon koʻchasida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar soat 07:44 da kelib tushgan. Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 07:47 da koʻrsatilgan manzilga yetib borib, yongʻin soat 07:57 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 7-aprel kuni Toshkentdagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlgandi. Hodisa joyidan olingan videolar NOVA24ʼga yuborildi.

Avvalroq Andijonda elektr podstansiyasida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgandi. Qutqaruvchilar yongʻinni oʻchirdi, hech kim jabrlanmadi, mutaxassislar shikastlangan texnikani taʼmirlashni boshladi.

Mashhur yangiliklar