11 Aprel 2025, 16:03 Oʻzbekiston

Toshkentdagi doʻkonlardan birida noqonuniy veyplar savdosi aniqlandi

Olib qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy qiymati bir milliard soʻmdan ortiqni tashkil etdi.

Toshkentdagi doʻkonlardan birida noqonuniy veyplar savdosi aniqlandi

Toshkentda elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, poytaxtdagi savdo nuqtalaridan birida noqonuniy savdo tashkil etilgan. “A. H.” MCHJ rahbari yonidan tegishli hujjatlarsiz 9 600 dona turli nomdagi mahsulotlar topilgan. Olib qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 1,5 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-qismi (Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining qonunga xilof muomalasi yoki ularni ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Aybdorlar besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar