30 Sentabr 2024, 17:24 Oʻzbekiston

Toshkentdagi boshqaruv servisida yong‘in yuz berdi

Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentdagi boshqaruv servisida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan, yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bildirilishicha, bugun, 30-sentyabr kuni soat 15:31 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor 7-dahasida, bino yonayotganligi to’g’risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv tehnikalari aytilgan manzilga soat 15:37 da yetib borib, yong’in soat 15:53 da o’chirilgan.

Yong’in oqibatida “Bog’zor” MFY hududidagi, Boshqaruv servis kompaniyasi binosining tom qismi, 30 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlandi.

Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo’q.

Mashhur yangiliklar