Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bogʻchada bola kaltaklanishi oqibatida oyogʻi sindi” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan maktabgacha taʼlim muasasasining tarbiyachi yordamchisi Y.M (1997-yilda tugʻilgan, ayol) goʻyoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida S.A ni (2023-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) boshiga urib, soʻng qoʻpol harakatda uni koʻtarib boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan, natijada bolaning chap oyogʻi singan.
Bolaning ota-onasiga bogʻcha maʼmuriyati tomonidan oʻgʻli oʻzi yiqilib oyogʻi singanligi va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganligi toʻgʻrisida xabar berilgan. Bolaga “chap oyoq son suyugi singanligi” tashxisi qoʻyilgan.
Shundan soʻng ota-ona bogʻcha maʼmuriyatidan kuzatuv kameralar yozuvlarini koʻrsatishni talab qilgan.
Hozirda Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







