2 Avgust 2024, 13:16 •Oʻzbekiston
Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi
Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyatini maqbullashtirish maqsadida ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Toshkent shahar jamoat transporti faoliyatini maqbullashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2-avgust kunidan boshlab, avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qator o‘zgarishlar kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan:
- 28-sonli Yangiobod mavzesi—Tibbiyot akademiyasi yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli King Long rusumli avtobuslar;
- 32-sonli Sergeli 6a-mavzesi—Gulobod ko‘chasi yo‘nalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
- 119-sonli Qo‘yliq 1-mavzesi—Yunusobod dehqon bozori yo‘nalishda Yutong rusumli elektrobuslar;
- 121-sonli Yunusobod mavzesi 9-daha—Chinni bozori yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli King Long rusumli avtobuslar;
- 156-sonli Qipchoq metrosi—G‘alaba mahallasi yo‘nalishda MAN rusumli avtobuslar;
- 174-sonli Jumabozor qo‘rg‘oni—Aviasozlar ASHB yo‘nalishda Yutong CNG rusumli avtobuslar bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08