Toshkentdagi avtobusga ayollar va erkaklar joyini ajratuvchi qog‘oz yopishtirildi
Toshkent shahrida ikki yigit avtobus oynasiga ayollar va erkaklar joyi ajratilganini targ‘ib qiluvchi qog‘oz yopishtirdi.
Toshkentdagi avtobuslarning birida ayollar va erkaklar joyi ajratilganini targ‘ib qiluvchi qog‘oz yopishtirilgani aks etgan surat tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” bunga munosabat bildirib, uni noma’lum shaxslar yopishtirib ketganini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, avtobusdagi kuzatuv kamerasidan olingan tasvirlarga ko‘ra, uni 5-noyabr kuni 7-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi, 34-sonli yo‘nalishga biriktirilgan avtobusga ikki yigit yopishtirgan. Yigitlar posterni telefoniga suratga olgan va avtobusdan tushib ketgan.
“Toshshahartransxizmat” mazkur ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish va qilgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda ularga qonuniy jazo choralarini qo‘llash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo‘llagan.
Shuningdek, qayd etilishicha, yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish maqsadida barcha avtobus haydovchilari va chiptachilari o‘rtasida navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda, haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi Toshkentda binoning yerto‘la qismida yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentda tadbirkorga qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda Ozarboyjon fuqarolaridan pul talab qilgan shaxslar ushlandi