Toshkentdagi “Agrobank” binosida FVVning taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmaslik so‘ralgan.

17-may kuni Toshkent shahrida poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari guruhli amaliy-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar soat 10:00 dan 12:00 gacha “Agrobank” ATB Shayxontohur tumanidagi binosida bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan guruh bo‘lib amaliy-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan mashg‘ulotlar davomida amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, aholi o‘rtasida chalkashliklarni keltirib chiqarmaslik uchun mavjud ma’lumotlar va ma’lumotlardan unumli va oqilona foydalanishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik harbiylar AQShdagi mashg‘ulotlar davomida rekord o‘rnatgandi. Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarga sovg‘alar topshirildi.
Izohlar