O‘zbekiston

Toshkentdagi Abu-Saxiy bozori avtoturargohida FVV mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmaslik so‘ralgan.

Toshkentdagi Abu-Saxiy bozori avtoturargohida FVV mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

2-iyun kuni Toshkent shahridagi bozorlardan birining avtoturargohida favqulodda vaziyatlar xizmatlarining o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Mashg‘ulotlar soat 11:00 dan 13:00 gacha Toshkentning Chilonzor tumanidagi Abu Saxiy bozori ko‘p qavatli avtoturargohida bo‘lib o‘tadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan vahimaga tushmaslik va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar ma’murlaridan o‘quv mashg‘ulotlari jarayonidagi amaliy jarayonlar bilan bog‘liq materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmasdan, mavjud ma’lumot va axborotlardan samarali va oqilona foydalanish orqali aholini chalg‘itmasliklarini so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston harbiylari AQShdagi mashg‘ulotlarda rekord o‘rnatgandi. Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar sovg‘alar bilan taqdirlangan.

Izohlar

Mavzuga oid