12 Mart 2025, 15:42 Oʻzbekiston

Toshkentda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti daraxtga borib urildi

Chilonzor tumanida harakatlanib ketayotgan Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urildi. Hodisa oqibatida avtomobil texnik shikastlangan, haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti daraxtga borib urildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 12-mart kuni Lacetti avtomobili daraxt bilan to‘qnashdi. Poytaxt YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa chorshanba kuni soat 10:45 da tumanning Qatortol-2 ko‘chasida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan, haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Telegramdagi “Tashkent_Land” kanali Gentra yuqori tezlikda daraxtga borib urilganini yozmoqda. Zarb kuchli bo‘lganidan mashinaning dvigateli yo‘lga uchib ketgan. YHXB avtomobil tezligi surishtiruv davomida aniqlanishini ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Boshqarma yo‘l harakatining barcha qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishni so‘radi.

Mashhur yangiliklar