Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yong‘in yuzaga keldi
Toshkent shahrida noqulay ob-havo sabab yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yong‘in kelib chiqdi.
14-oktabr kuni yomg‘irli ob-havo sharoitida Toshkent shahrida yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida avariya sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, soat 16:06 da noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi, daraxt shoxlarining sinishi oqibatida 45 va 46-ustun (opora) oralig‘idagi 110 kVt. yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida qisqa tutashuv bo‘lgan. Shu sababli elektr ta’minotida qisqa muddatda uzilish yuz bergan.
Avariya kuzatilgan qurilma “Lafarga” va “Salarskaya” (o‘z navbatida, Mirzo Ulug‘bek, qisman Yashnobod va Mirobod tumanlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi) podstansiyalaridan chiquvchi Vodil-1 tarmog‘idan ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Korxonaning yuqori kuchlanishli tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish xizmati nosozlikni soat 17:05 da to‘liq bartaraf etgan, shundan so‘ng elektr energiyasi qayta tiklangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi 23-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi