11 Sentabr 2024, 10:10 Oʻzbekiston

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent shahrida “ZIL” rushumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent shahri Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasining 2-darajali yo‘lida 10-sentyabr kuni “ZIL” yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Mashhur yangiliklar