
Toshkentda yuk mashinasi piyodani urib ketdi
Haydovchi endi yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

13-aprel kuni Toshkentda HOWO yuk mashinasi piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.
Voqea soat 22:00 larda Bektemir tumani Xonobod koʻchasida sodir boʻlgan. 1998-yilda tugʻilgan erkak HOWO yuk mashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlning koʻrsatilmagan qismini kesib oʻtayotgan 1969-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan. Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Haydovchi 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Soʻnggi yangiliklar







