18 Mart 2025, 14:21 Oʻzbekiston

Toshkentda yuk mashinasi o‘rta bosimli gaz quvuriga urilib ketdi

Minglab xonadonlar gazsiz qoldi, avariya brigadasi ta’mirlash ishlarini boshladi.

Toshkentda yuk mashinasi o‘rta bosimli gaz quvuriga urilib ketdi

18-mart kuni Toshkentda yuk mashinasi o‘rta bosimli gaz quvurini shikastlab, minglab xonadonlarni gazsiz qoldirganini “Hududgazta’minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ahmad Yugnakiy” mahallasida yuz berdi. Yuk mashinasi kuzovi bilan o‘rta bosimli gaz quvuriga zarar yetkazdi, natijada gaz sizib chiqdi. Buning oqibatida quyidagi mahallalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

  • “Humoyun” mahallasidagi 480 ta uy;
  • “Ahmad Yugnakiy” mahallasidagi 30 ta binoda joylashgan 2800 ta xonadon.

Tuman gaz ta’minoti boshqarmasining avariya brigadasi ta’mirlash ishlarini boshladi.

Mashhur yangiliklar