Toshkentda YTH sodir etgan haydovchilar YPX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatdi
Toshkentda YPX inspektorlari va fuqarolar o‘rtasidagi tortishuvli holat yuzasidan munosabat bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorlari va fuqarolar o‘rtasidagi tortishuvli holat aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati tushuntirish berdi.
Aytilishicha, 30-oktyabr kuni soat 23:45 larda Yakkasaroy tumani Muqimiy va Shohjahon ko‘chalari chorrahasida 31 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli transport vositasi va 25 yoshli shaxs boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandan so‘ng haydovchilar o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan. Ushbu holatni ko‘rgan YPX inspektorlari bezorilik holatini to‘xtatish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida zudlik bilan o‘z xizmat vazifasiga kirishishgan. Biroq haydovchilar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan, deyiladi Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasiga borib urildi Uch hududda fuqarolarni xorijiy davlatlarga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlganlar ushlandi Poytaxtning uch tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Toshkentga to‘rtta yangi kirish darvozasi quriladi Toshkentda Tracker va skuter ishtirokida YTH yuz berdi