Toshkentda yosh bola yongʻin sodir boʻlayotgan uy ichida qolib ketdi
Chaqiruv boʻyicha borgan FVV xodimlari uning hayotini saqlab qolgan.
Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarning birida yuz bergan yongʻin ichida qolib ketgan bolaning hayoti yongʻindan saqlab qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15-avgust kuni soat 13:04 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Koʻxna Choʻponota MFY Chilonzor 13-mavzeda joylashgan koʻp qavatli uylarning birida yongʻin sodir boʻlgan.
Chaqiruvga koʻra 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:29 da bartaraf etilgan.
Yongʻinni bartaraf etish vaqtida yongʻin joyida bir nafar bola borligi aniqlangan.
Zudlik bilan FVV qutqaruvchilari tomonidan bola qutqarilib, hayoti saqlab qolindi va tibbiyot xodimlariga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, yongʻin oqibatida xonadonning 20 m.kv maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Hozirda hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi